Missiya va kelajakka nazar

Rotafarm kompaniyasi  yangi dori vositalari tadqiqoti, marketing strategiyasi va nazorati bilan dunyo bozorida o’z o’rniga ega.

Oldimizdagi vazifalar - kasalliklarni oldini olish, tashxislash va davolashda yangi dori vositalarini ishlab chiqish va ularni muvaffaqiyatli savdosini amalga oshirishdan iborat.

Biz o’zimizning yuqori sifatli mahsulotlarimiz, innovatsion texnologyalarimiz va tajribali hodimlarimiz bilan birgalikda mahsulot va xizmat ko’rsatishda iste’molchilarimiz ehtiyojini qondirish va bozorda yetakchilikka erishishga intilamiz.

Biz jamiyat oldidagi mas’uliyatimizni anglagan holda, kompaniyamiz boshqaruvdagi etik standartlarga asoslanadi.

Kompaniya tarixi

Rotafarm – samarasi isbotlangan, yuqori sifatga ega, turli terapevtik guruhlarga oid dori vositalarini yetkazib beruvchi Buyuk Britaniyaning generik kompaniyasi.

Rotafarm kompaniyasi 2005 yilda tashkil etilgan bo’lib, uni xalqaro farm.bozorida ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan professionallar boshqardi.

Aynan shu vaqt davomida biznes yuritish tamoyillari va umumiy printsiplar tasdiqlandi: sog’liqni saqlash sohasidagi muhim vazifalar yechimini topishda innovatsion yondashuvdan foydalangan holda ilmiy izlanishlar asosida muvaffaqiyatga erishish.

Yuqori ijtimoiy javobgarlik va biznes yuritishning samarali usullaridan foydalanish kompaniyamizning ustuvor yo’nalishlaridan biri.

Bu o’z navbatida zamonaviy dori vositalar ta’minotini, insonlarning hayot sifatini yahshilash va ularni umrini uzaytirishga xizmat qiladi.

Kompaniya o’zida farmatsevtika va tibbiyot sohasida etakchi bo’lgan distribyutsiya, savdo va marketing bo’yicha yuqori malakali mutahassislarni birlashtiradi.

Bugungi kunda Rotafarm kompaniyasi dunyoning 30 dan ortiq  mamlakatlarida faoliyat yuritadi. Rotafarm «WORLD MEDICINE ILACH SANAYI» holdingining farmatsevtik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Maqsad

Kompaniyamizning maqsadi tibbiyot va davolashda yuqori sifat va innovatsion yechimlar bilan yirik ishlab chiqaruvchilar hamda yetakchi halqaro kompaniyalar darajasiga erishish.

Muvaffaqiyat sari qadam

Biz o’z faoliyatimizda ilm-fan bilan hamohang tarzda yuksalishga intilgan holda aholi salomatligi to’g’risida qayg’uramiz.

Biz o’z ishimizni sevgan holda kompaniyamiz rivojlanishi sari sadoqat bilan insonlarga mehr ulashamiz. Korporativ kodeksga muvofiq, etika qoidalariga rioya qilish va intizom bizning faoliyatimiz asosini tashkil etadi.

Har qanday kompaniya singari, turli hatarlar, muammolar va ularni yengishdagi mashaqqatli mehnat kundalik faoliyatimizni ajralmas bir qismi hisoblanadi.

Ishonamizki, bilim va ko’nikmalarga ega bo’lib tashkilotchilik qobiliyati va mehnatsevarlik bilan biz aniq natijalarga erishamiz.